36 karta: 6–10, V, D, K, T (tuz) · 4 gul. Har kimga 6 tadan (6 kishida 5 tadan).
Yurish: guli yoki soni mos kartani tashlaysiz. Boshlang'ich ochilgan karta ta'sirsiz.
Dama (D): istalgan karta ustiga tashlanadi, gul e'lon qilinadi. Keyingi o'yinchi shu gulda yuradi yoki boshqa dama tashlab gulni o'zgartiradi.
6 va 8: orqasini yopish kerak — yana o'zingiz yurasiz (shu gul, boshqa 6/8 yoki dama). Yopolmasangiz zaxiradan 1 ta olasiz; u ham mos kelmasa navbat o'tadi.
7 (jarima): keyingi o'yinchi 2 ta oladi va navbatini o'tkazadi. Qutulish — faqat o'z 7 ingizni tashlash (jarima yig'ilib boradi: 2→4→6...). Dama to'xtata olmaydi.
Tuz (T): keyingi o'yinchini sakratadi. 2 kishilik o'yinda navbat yana o'zingizga qaytadi — ketma-ket tuz/8/6 zanjiri mumkin.
Mos karta bo'lmasa: zaxiradan 1 ta olasiz, chiqmasa navbat o'tadi.
Tugatish: oxirgi karta 6/8/dama bo'lsa — gul tanlab chiqasiz. 2 kishilikda oxirgi karta tuz bo'lsa — zaxiradan olib, orqasini yopish shart.
Hisob: raund oxirida karta qolgan o'yinchi sanaydi: 6–10 o'z qiymati, V=2, D=3, K=4, T=11. Yig'indi 107 bo'lsa — 0 ga qaytadi, 108 dan oshsa — o'yindan chiqadi. Oxirida qolgan — g'olib.